AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiy halok bölganini ma’lum qildi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoğida xabar qoldirgan.

«Tarixdagi eng yovuz odamlardan biri Xominaiy öldi», – deyiladi Trampning postida.

Uning fikriça, Eron xalqi «öz mamlakatini qaytarib oliş uçun katta imkoniyat»ga ega bölgan.

«Biz Islom inqilobi muhofizlari korpusi, armiya va boşqa xavfsizlik kuçlari a’zolaridan köpçiligi, şuningdek politsiyaçilar ortiq jang qilişni xohlamayotgani va immunitetga ega bölişni xohlayotgani haqida eşitdik. Men keça aytganimdek: „Ular hozir immunitetga ega bölişi mumkin, keyin esa ularni faqat ölim kutadi!“ Umid qilamanki, Islom inqilobi muhofizlari korpusi va politsiya tinçgina Eron vatanparvarlariga qöşiladi hamda mamlakat munosib bölgan uluğvorlikni qaytariş uçun bir tanu bir jon bölib harakat qilişadi», – deya yozgan Tramp.

Tramp Eronga zarbalar bir hafta yoki «maqsadga erişilgunça – Yaqin Şarqda va oxir-oqibat butun dunyoda tinçlikka erişiş uçun qança vaqt kerak bölsa, şunça vaqt» davom etişini qöşimça qilgan.

Oldinroq Reuters va Times of Israel isroillik rasmiylarga tayanib, Ali Xominaiy Isroilning Tehron böylab zarbalari oqibatida halok bölgani haqida xabar tarqatgandi. Eron tomoni bu xabarlarni «psixologik uruş metodi» deb atagandi.