Germaniya kansleri Fridrix Mers Eron rahbariyatiga qarşi Isroil va AQŞning harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. U yakşanba, 1 mart kuni Berlinda Germaniya hukumati “mullalar rejimi öz oxiriga yaqinlaşayotgani”dan köplab eronliklar his qilayotgan “yengillik” tuyğusini bölişişini aytdi.

“Biz AQŞ va Isroil bilan birga bu rejimning terrorligi töxtaşi va Eronning xavfli yadroviy hamda ballistik dasturi töxtatilişi manfaatidamiz”, — dedi Mers. Uning ta’kidlaşiça, harbiy zarbalar “zaiflaşgan rejimning vayronkor öyini”ga nuqta qöyişi kerak.

Şu bilan birga, Germaniya hukumati rahbari bu hujumlar “xavfsiz emas”ligini ham qayd etdi. “Biz Eronning mintaqadagi qattiq javob zarbalari qanday keskinlaşuvga olib kelişini bilmaymiz”, — dedi u. Mers yana bir bor Tehronni “pala-partiş berilayotgan bu hujumlarni darhol töxtatiş”ga çaqirdi.

Xalqaro huquq nuqtai nazaridan Eronga zarbalarning qonuniyligi haqidagi savolga Mers şunday javob berdi: Germaniya “dilemma”ni köryapti — sönggi ön yillar davomida xalqaro huquq doirasida heç qanday qadamlar bilan Tehron rahbariyatiga nisbatan biror natijaga erişib bölmadi. Germaniya kanslerining fikriça, hozir “hamkorlarimiz va ittifoqçilarimizni örgatadigan vaqt emas”.

Isroil va Qöşma Ştatlar 28 fevral tongida Tehron va Eron hududidagi boşqa joylarga zarbalar berdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yöq qiliş niyatida ekanini bildirdi. U Eron armiyasini qurolni taşlaşga, mamlakat aholisini esa “taqdirini öz qöliga oliş”ga çaqirdi.

Eron Qizil Yarim Oy jamiyatining 1 mart tongidagi ma’lumotiga köra, zarbalar oqibatida mamlakatda 201 kişi halok bölgan, yana 747 kişi yaralangan. Eron OAV Minab şahrida qizlar maktabiga raketa tuşişi natijasida 100 nafardan ortiq kişi halok bölgani, 95 kişi yaralanganini da’vo qilmoqda. Eronning oliy rahbari — Ali Xominaiy va bir qator yuqori lavozimli kuç tuzilmalari vakillari, jumladan mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda hamda Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Muhammad Pakpur halok bölgani tasdiqlangan.

Eron javoban Isroil hududiga va Yaqin Şarqdagi boşqa mamlakatlarga zarbalar berdi. Isroilda favqulodda holat e’lon qilingan. 28 fevral keçqurun Tel-Avivda turar joyga raketa tuşişi oqibatida ikki ayol halok bölgan. 1 mart kuni Quddus yaqinidagi Beyt-Şemeş şahrida yana bir Eron raketaci turar joy sektoriga tuşgan, sönggi ma’lumotlarga köra, 9 kişi halok bölgan, 28 kişi yaralangan.