Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yo‘l-infratuzilma loyihalari amalga oshiriladi
Prezident qaroriga muvofiq Qo‘ng‘irot, Chimboy, Beruniy, Bo‘zatov va Qonliko‘l tumanlarida chorva ozuqasini yetishtirish, saqlash, qadoqlash quvvatlarini ishga tushirish hamda aholiga yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Nukus shahrida tirbandlikni kamaytirish va qator tumanlarda yo‘l hamda kommunal infratuzilmani yaxshilash ishlari rejalashtirilgan.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil yakuniga qadar Beruniy tumanida yillik quvvati 36 ming tonna bo‘lgan chorva va baliq ozuqasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy agromajmua loyihasi ishga tushiriladi.
Shu bilan birga, 2026–2028 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 ming gektar yer maydonlarida chorva ozuqasi yetishtirish choralari ko‘rilishi belgilangan.
Infratuzilma yo‘nalishida, Nukus shahrida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida Nukus shahri va Taxiatosh tumanini bog‘lovchi 2,2 km avtomobil yo‘li, 1 ta ko‘prik hamda D 234 (4R176) Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 4 km qismida yangidan yo‘l o‘tkazgich qurilishi nazarda tutilgan.
Kommunal sohada esa Amudaryo tumanida 6 ta mahalla fuqarolar yig‘ini uchun 107,1 km ichimlik suv tarmog‘ini yangidan qurish, umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarining 110,5 km qismini ta’mirlash, 1 ta nasos stansiyasi hamda tuman markazidagi mavjud lokal oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Shumanay tumanida umumfoydalanishdagi D 235 (4P177) avtomobil yo‘lining 31 km qismi rekonstruksiya qilinadi.
Mavzuga oid
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
08:37 / 25.05.2026
O‘zbekistonda kripto-mayningni nazorat qilish kuchaytiriladi
20:53 / 15.05.2026