AQŞ prezidenti Donald Tramp The Atlantic naşriga ma’lum qilişiça, Eronning yangi rahbariyati undan muzokaralarni tiklaşni söragan.
«Ular gaplaşib olişni xohlaşmoqda va men rozi böldim, şuning uçun men ular bilan gaplaşaman. Ular buni ertaroq qilişlari kerak edi. Ular qiliş qulay va oson bölgan işni oldinroq qilişi kerak edi. Ular çözib yuborişdi», – degan Tramp.
AQŞ prezidenti muzokaralar qaçon ötkazilişi mumkinligi haqidagi savolga javob bermadi.
«Bu odamlarning aksariyati endi yöq. Biz bilan işlaganlarning ba’zilari allaqaçon halok bölişdi, çunki bu juda katta zarba edi. Ular buni ertaroq qilişlari kerak edi, Maykl. Ular bitim tuzişlari mumkin edi. Ular buni ertaroq qilişlari kerak edi. Ular ortiqça aqllilik qilib yuborişdi», – degan Tramp.
AQŞ prezidenti CNBC uçun bergan intervyusida Erondagi amaliyot «grafikdan ilgarilab ketgani»ni aytgan. «Hozir voqealar juda ijobiy yönalişda rivojlanmoqda», – degan Tramp.
Fox News uçun intervyusida esa u agar AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlamaganida, «ular ikki hafta içida yadroviy qurolga ega bölişi mumkin bölgani»ni aytgan. «U holda bularning barçasi imkonsiz bölib qolardi», – deya qöşimça qiladi Tramp.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarşi uruş boşlaşidan oldin Vaşington va Tehron vakillari Eron yadroviy dasturi böyiça muzokaralar olib borgandi. Muzokaralarda AQŞ Eronning yadro quroli işlab çiqişdan voz keçişini talab qilgan, Tehrondagilar esa buni qabul qilmagandi.
Isroil va AQŞ zarbasi oqibatida Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy halok böldi.













