O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali qaytayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan va fuqarolarni «Saraxs» Turkmaniston–Eron chegara nazorat-o‘tkazish punktida kutib olish uchun elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.











