Toşkentda FVV xodimiga pora bergan tadbirkor qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tadbirkor özi rahbarlik qiladigan MÇJ tomonidan Yakkasaroy tumanida qurilgan köp qavatli uyni pora beriş orqali foydalanişga qabul qildirişga uringan. U “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali yuboradigan arizasini ijobiy hal qilib berişi evaziga Toşkent şahar FVB xodimiga 30 ming AQŞ dollari miqdorida pora taklif qilgan.
Aslida 12 qavatdan iborat mazkur “dom”ning bir qator kamçiliklari bartaraf etilmagan bölgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda MÇJ rahbari 30 ming dollarni FVB xodimiga bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan tadbirkorga Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















