28 fevral tongida, mahalliy vaqt bilan soat 8 va 10 oraliğida AQŞ va Isroil Eron janubida, strategik ahamiyatga ega bölgan Hörmuz böğozidan 30–40 kilometr masofada joylaşgan Minob şahriga raketa zarbasi yölladi. Raketa qizlar uçun ixtisoslaşgan «Şajara Toyyiba» (Shajareh Tayyebeh) maktabiga kelib urilgan, bu vaqtda maktabda darslar boşlangandi.

Eron davlat naşrlarining dastlabki xabarlarida zarba vaqtida maktab hududida bölgan 40 kişi halok bölgani aytildi. Qurbonlarning aksari öquvçilar edi, şuningdek, maktab xodimlari hamda ota-onalar ham halok bölgan, degan Minob okrugi prokurori.

Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga aloqador sanalgan Tasnim agentligi 1 mart kuni hujum oqibatida 148 kişi halok bölgani va 95 kişi yaralangani haqida xabar tarqatdi. Xabarlarda qurbonlarning aynan qançasi öquvçilar ekaniga oydinlik kiritilmagan.

IRNA davlat axborot agentligi xabarida hodisa joyida tozalaş işlari davom etayotgani, xarobalar ostidan yangi jasadlar çiqişi mumkinligini ma’lum qilgan.

Eron ta’lim vazirligi 2 mart kuni jami qurbonlar soni 175 kişini taşkil etayotganini xabar qildi.

Hozirda qurbonlar va yaralanganlar soni haqidagi ma’lumotlarni mustaqil tekşiriş imkoniyati yöq. Eron hukumati xalqaro naşrlar xodimlariga viza bermay keladi, şu tufayli uşbu mamlakatdan axborot oliş imkoniyatlari juda çeklangan.

Amerika va Isroil tomoni hozirça Minob böylab zarbani izohlamadi. AQŞ harbiylari The Washington Post muxbirining söroviga javoban uşbu hujum haqidagi xabar «tekşirilayotgani»ni ma’lum qilgan.

Minobga zarba berilişi bilanoq ijtimoiy tarmoqda voqea joyida olingan video paydo böldi. BBC jurnalistlari bino quyuq tutun içida qolgani va odamlar baqirayotgani aks etgan rolik çindan ham uşbu maktab hududida olinganini tasdiqlaşgan. The Washington Post tahririyati ham yana bir video aynan şu joyda olinganini tasdiqlagan: unda minobliklar zarba kelib tuşgan joydan qoçayotgani aks etgan. Factnameh faktçeking xizmati tarmoqda paydo bölgan roliklarni boşqa kadrlar bilan soliştirdi va ularning haqiqiyligini tasdiqladi. Reuters agentligi ham videomateriallar uşbu maktab hududida olinganini tasdiqlagan.

Eron naşrlari e’lon qilgan boşqa kadrlarda xarobalar orasida qonga belangan ryukzaklar yotgani va qoplarga solingan jasadlar köringan. Reuters agentligi e’lon qilgan fotolardan birida esa yoş bolaning qölini köriş mumkin.

Sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlar va oçiq manbalardagi materiallarga köra, «Şajara Toyyiba» maktabi Islom inqilobi muhofizlari korpusi bazasi joylaşgani taxmin qilinadigan bino yaqinida joylaşgan. The Washington Post bilan anonim tarzda suhbatlaşgan eronlik mulozim maktab yonida «kiçik tibbiyot markazi» joylaşganini aytgan. U şu atrofda Islom inqilobi muhofizlari korpusi borligini tasdiqlamagan va rad ham etmagan, ammo şunday bölişi mumkinligini aytgan.