Eron jahon neft bozori uçun muhim bölgan uşbu suv yölini yopib, neft taşuvçi tankerlarga qarşi uruş boşladi. U jahon bozorlarida vahima keltirib çiqarişga va AQŞni çekinişga majbur qilişga harakat etmoqda – garçi bu dengiz yölini tösib qöyiş uning özi uçun mutlaqo foydali bölmasa ham.
«Tankerlar uruşi» - 1980-yillardagi Eron-Iroq mojarosining frontlaridan biri şunday nomlangan edi. Tomonlar Fors körfazidagi yuk kemalariga (asosan, neft ortilgan tankerlarga) hujum qilib, duşman va uning hamkorlari savdosiga zarar yetkazişga harakat qildi. Şu vaqtda 500 dan ortiq kema şikastlangandi, 400 nafardan ortiq dengizçi halok böldi. «Tankerlar uruşi» jahon neft ta’minotiga tahdid soldi va NATO davlatlarini Fors körfazida savdo kemalarini kuzatib boriş uçun harbiy konvoylarni taşkil etişga majbur qildi.
28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga zarba berganidan söng, u bunga javoban öz qirğoqlari yaqinidagi savdo kemalariga hujum qila boşlagaç, köpçilik yana «tankerlar uruşi» tahdidi haqida gapira boşladi. Aftidan, u allaqaçon boşlandi va qança davom etişi noma’lum. Eron-Iroq «tankerlar uruşi»ning faol bosqiçi tört yil davom etgan edi. Financial Times gazetasi şunga öxşaş yangi mojaro tahdidini tahlil qildi.

AQŞ va Eron örtasidagi munosabatlarning keskinlaşuvi fonida, agar mojaro yuzaga kelsa, Eron Fors körfazini Ummon körfazi va undan keyin oçiq okean bilan boğlaydigan Hörmuz böğozini tösib qöyadi, degan xavotirlar tez-tez yangragan edi. Bu Yaqin Şarqdan xomaşyo ta’minoti yölining eng muhim qismidir: u orqali jahon xom neft savdosining qariyb 35 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning qariyb 20 foizi taşiladi.
28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga zarba berişni boşlaganida, Eron hukumati Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Hörmuz böğozidan ötayotgan kemalarga hujum qilişidan ogohlantirdi. Keyingi kunlarda kamida sakkizta tankerga hujum qilindi, kamida ikki kişi halok böldi. Bu esa böğoz orqali kema qatnovining deyarli butunlay töxtaşiga, jahon bozorida neft va gaz narxining oşişiga olib keldi. AQŞ 1980-yillardagi kabi yana harbiy konvoylarni böğozga qaytarişga majbur böldi.
Ammo harbiy ekspertlar Financial Times’ga savdo kemalarini kuzatib boriş uçun zarur bölgan esminetslar va qiruvçi samolyotlar yetişmasligini aytdi, çunki ular Eronga hujumlarda iştirok etmoqda. Dengiz xavfsizligi va harbiy-dengiz strategiyasi böyiça amerikalik tahlilçi Joşua Tallisning fikriça, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari «keyingi yetti-ön kun içida» savdo kemalarini himoya qila olişi dargumon. Çunki oldin Eronning kemaga qarşi mudofaa vositalari yöq qilinişi kerak.
Tankerlarni kuzatib boriş operatsiyasi «murakkab, ammo imkonsiz emas», deb hisoblaydi AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari aviataşuvçi zarba guruhi sobiq qömondoni Mark Montgomeri. Buni taşkil etiş vaqt talab qiladi («şart-şaroitlar qulay bölgunça ikki haftagaça») va AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Eronga zarba berişdagi iştirokini qisqartiradi, deb hisoblaydi Montgomeri. Hozir AQŞ armiyasi Eron flotiga faol hujum qilmoqda. AQŞ Qurolli kuçlari markaziy qömondonligi ma’lumotlariga köra, 28 fevraldan beri kamida 17 ta kema çöktirilgan.
Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy-dengiz operatsiyalari uçun mas’ul bölgan beşinçi flotning sobiq qömondoni Jon Millerning ta’kidlaşiça, AQŞ mintaqada harbiy konvoylarni taşkil etiş uçun kemalari yetarli. Biroq bu kemalar Eronning kemalarga qarşi raketalari, suv osti kemalari, tezyurar katerlari, minalari va dronlari bilan kuraşişiga töğri keladi. Ayniqsa, suv usti dronlari xavfli bölişi mumkin. Ular kema korpusiga suv yuzasida zarba beradi, bu esa maşina bölimining suv bosişiga olib keladi, dedi EOS Risk guruhining dengiz tahlili böyiça mutaxassisi Martin Kelli.
Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq tahlilçisi Jim Lempsonning hisob-kitoblariga köra, Eronda minglab kemaga qarşi raketalar va ular uçun yuzlab uçiriş moslamalari mavjud. Şuningdek, Tehronda Rossiyaning kiçik suvosti kemalari floti va Şimoliy Koreyaning noma’lum miqdordagi kiçik suvosti kemalari mavjud. Bundan taşqari, u dunyodagi eng katta suvosti minalari zaxiralariga ega. Hozirgi mojaroda ular hali qöllanilmagan, ammo Hörmuz böğozidagi minalar haqida har qanday işonçli xabar paydo bölsa, u yerdan ötadigan kemalarining dengiz suğurtasi va fraxt stavkalari yanada oşişi mumkin. 28 fevraldan keyin ular allaqaçon 4-12 baravarga oşdi.
Bir tomondan, jahon dengiz transporti va energiya bozorlaridagi vahimalar iqtisodiy va diplomatik omillar bosimi ostida AQŞ va Isroilni uruşni töxtatişga majburlamoqçi bölgan Eronga qöl kelmoqda: Tehronning fikriga köra, energiya tranziti uçun asosan, ba’zan esa faqatgina Hörmuz böğoziga tayanadigan Fors körfazi mamlakatlari Vaşingtonni jangovar harakatlarni töxtatişga majbur qilişi kerak.
Boşqa tomondan, Hörmuz böğozi qança uzoq vaqt yopiq bölsa, Eronning özi ham şunçalik köp zarar köradi: u deyarli barça neftini Xitoyga sotadi va deyarli barça neft aynan şu böğoz orqali taşiladi. Eronliklar: «Agar biz neftimizni sota olmasak, unda heç kim sota olmaydi», demoqda. Lekin teskarisi ham töğri - agar heç kim neft sota olmasa, Eron ham sota olmaydi. «Ular iqtisodiy foydaning bunday yöqotilişiga çeksiz bardoş bera olmaydi», deb ta’kidladi Jon Miller.
Şunday qilib, Hörmuz böğozini tösib qöyiş bu uruşda Eron uçun ham, uning raqiblari uçun ham foydali emas. Biroq, paradoksal ravişda, bu böğozning oçilişini tezlaştirişi dargumon. Mojaro qançalik uzoq davom etsa, AQŞ va Eron uni «öz foydasiga hal qiliş uçun kuçliroq energiya dastaklarini qöllaşi» ehtimoli şunçalik yuqori böladi, dedi Financial Times gazetasiga Vaşingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining energetika xavfsizligi böyiça tahlilçisi Kleyton Sigl.











