Kun.uz sayti öz an’anasiga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston qonunçiligida röy beradigan ayrim özgarişlarni eslatib ötadi.

Işga tuşadigan “eskrou”

Özbekistonda uy-joy xaridi bilan boğliq firibgarlik holatlari köp uçraydi. Bunga 1 766 kişi jabrlangan “Credit House” işini, “System Metall Stroy”ning “Prestige” loyihasi ortidan 4 yildan buyon sarson yurgan 147 ta oilani va boşqa köplab holatlarni misol sifatida keltiriş mumkin.

Prezidentning tegişli farmoni bilan qurilişda moliyaviy intizomni kuçaytirişi va mijozlar uçun xavfsiz muhit yaratişi maqsadida eskrou tizimi joriy etilgan. Unga köra, 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran barça quruvçilar uluş kiritiş asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oşirişi majburiy böladi.

Eskrou tizimi qanday işlaydi? Mijozlar hali bitmagan uy uçun pulni quruvçiga tölamasdan, bankdagi eskrou hisobraqamiga qöyadi va bu pullar toki uy bitmagunça quruvçining qöliga berilmaydi. Bunda banklar eskrou hisobvarağida uluşdorlarning pullari turgani sababli quruvçiga arzonroq stavkada kredit beradi.

Bu dunyo amaliyotida sinovdan ötgan yaxşi tajriba. Masalan, 2019 yil yozidan boşlab Rossiya quriliş sohasida ham uşbu tizimga ötildi. Quriliş korxonalari uluş kiritiş asosidagi şartnomalardan eskrou hisobraqami asosidagi moliyalaştirişga ötdi. Çunki Rossiyada ham quruvçi bilan töğridan-töğri şartnoma imzolab, keyinçalik, kompaniyaning öz majburiyatini bajarmasligi oqibatida minglab odamlar puliga kuyib qolayotgan holatlar falokatli darajada köpayib borayotgandi. Eskrou tizimi joriy etilgaç, bu holatlarga deyarli barham berilgan.

«Ekologik transport» tizimi joriy etiladi

2026 yil 1 yanvardan boşlab Toşkent şahrida «Ekologik transport» tizimi birinçi bosqiçda joriy etiladi. Bu haqda hukumatning tegişli qarorida