Livan boş vaziri Navof Salom Eron fuqarolari uçun vizasiz rejim bekor qilingani haqida xabar berdi. Şuningdek, yaqin vaqt içida Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusining (IIQK) Livan hududidagi har qanday harbiy faoliyati rasman taqiqlanadi.

Livan axborot vaziri Pol Morkosning tuşuntirişiça, bu hukumatga IIQK a’zolarini hibsga oliş va deportatsiya qiliş imkonini beradi.

Avvalroq Livan eronparast «Hizbulloh»ning harbiy faoliyatini taqiqlagan edi.

Livanda Isroil harbiylarining operatsiyasi 4 kundan beri davom etmoqda: 83 ming kişi evakuatsiya qilingan, 77 kişi halok bölgan, 527 kişi yaralangan.

Avvalroq, TSAHAL Erondan Livanga qurol-yaroğ yetkazib beriş uçun mas’ul bölgan Livan IIQK ştab-kvartirasi rahbari Rizo Huzaiy yöq qilingani haqida xabar bergan edi.