Olingan tezkor ma’lumot asosida tadbir ötkazilib, jabrlanuvçining öldirilgani sahnalaştirilgan. Şartli yollanma qotil holatni tasvirga olib, buyurtmaçilarga körsatgan. Erining ölganiga işongan ayol va uning jazmani şartli yollanma qotilga kelişilgan 6 ming dollardan 5,5 mingini berayotganda qölga olingan.
Davlatobod tumanida qasddan odam öldiriş bilan boğliq jinoyatning oldi olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 4 mart kuni Davlatobod tumanida yaşovçi ayol turmuş örtoğini notaniş şaxs orqali 6 ming dollar evaziga öldirişni rejalaştirayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan. U buning uçun özining jazmani bilan oldindan jinoiy til biriktirgan.
DXX, viloyat IIB hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Buyurtmaçilar Telegram orqali şartli qotil bilan suhbatlaşgan. Ayol turmuş örtoği Cobalt maşinasida yolğiz yurişini, uni “Andijon–Namangan” yölidagi ovloq joyda öldirib, maşinasini yoqib yuboriş kerakligini, buning evaziga 6 ming dollar berişini aytgan.
Darhol jabrlanuvçining öldirilgani aks etgan qotillik jinoyati sahnalaştirilgan.


Şartli qotil uşbu holatni tasvirga olib, buyurtmaçi ayol va uning jazmaniga körsatgan. Buyurtmaçilar kelişilgan puldan 5,5 ming dollarni şartli qotilga berayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilar protsessual tartibda uşlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda yollanma qotil orqali tanişini öldirmoqçi bölgan şaxslar qölga olingandi.











