“Dunyo” AA xabar qilişiça, Amerika universiteti yuridik kolleji (American University Washington College of Law)da xalqaro va qiyosiy huquqiy tadqiqotlar dasturi direktori Padideh Alay boşçiligidagi oliy ta’lim muassasasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Muzokaralar çoğida Amerika tomoni universitetning yuqori akademik darajasini ta’kidlab, xalqaro tijorat huquqi böyiça AQŞning top-10 taligiga kirişini hamda xalqaro savdo, investitsiya huquqi, arbitraj va qiyosiy huquqşunoslik sohalarida katta tajribaga ega ekanini ma’lum qildi.
Universitet vakillari hamkorlikning asosiy yönalişlari sifatida akademik mobillik va magistrlik dasturlari, investitsiyaviy hamkorlikni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, xalqaro huquq sohasida davlat xizmatçilari malakasini oşiriş va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş borasidagi tajribalari haqida ma’lumot berdi.
Uçraşuv davomida Özbekistonning yetakçi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Toşkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan şeriklikni kengaytiriş, talabalar va professor-öqituvçilar uçun akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş taklif qilindi.
Şuningdek, nazariya va amaliyotni uyğunlaştirgan holda qöşma magistrlik dasturlari va qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş, xalqaro tijorat va ommaviy huquq yönalişlari böyiça öqişga kiruvçilar uçun moliyaviy imtiyozlar beriş rejalaştirilgan.
“El-yurt umidi” jamğarmasi bilan hamkorlikda davlat xizmatçilari va amaliyotçi huquqşunoslar uçun malaka oşiriş dasturlarini işlab çiqiş, ixtisoslaştirilgan treninglar, stajirovkalar va almaşinuv dasturlarini joriy etiş taklif etildi.
Uçraşuvda, şuningdek, xalqaro savdo huquqi, JST huquqi, investitsiyalarni tartibga soliş va xalqaro nizolarni hal etiş sohalarida mutaxassislar tayyorlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar 2026 yil may oyida universitet rahbariyatining Özbekistonga taşrifini taşkil etiş va akademik aloqalarni yanada mustahkamlaş masalalarini ham muhokama qildi.















