Oxirgi ma'lumotlarga köra, Kobuldagi Amerika universitetiga hujum oqibatida halok bölganlar soni 12 kişini, jarohatlanganlar soni 44 kişini taşkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Huquq-tartibot muassasalari vakili Faridun Obodiyning ma'lum qilişiça, halok bölganlar orasida 7 talaba, 3 politsiyaçi va 2 qöriqçi bor. Jarohatlanganlarning aksariyati, ya'ni 35 nafari talabalarni taşkil qilmoqda.
Avvalroq hujum oqibatida bir talaba halok bölgani ma'lum qilingandi. Keyinroq ma'lum bölişiça, huquq-tartibot muassasalari xodimlari bosqinçlarni yöq qilgan.

















