Afğoniston poytaxti Kobul şahridagi Amerika universitetida kuçli portlaş röy berdi va binoga jangarilar bostirib kirişdi. Hududda otişma ovozlari eşitilgan.

CBS News telekanalining mamlakat IIV bayonotiga asoslanib xabar berişiça, hujum arafasida universitet içkarisida yuzlab talabalar va öqituvçilar bölgan. Ularning köpçilik qismi orqa eşiklardan çiqişga ulgurişgan. Bino içida yana önlab kişi qolib ketgan.

Voqea joyiga maxsus kuçlar yetib kelgan.

Amerika universitetiga 2004 yilda asos solingan bölib, bu muassasa mamlakatdagi yagona xususiy oliy öquv yurti hisoblanadi.

Hozirça heç qaysi taşkilot uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi.