O‘zbekiston | 13:24
763
2 daqiqa o‘qiladi

Suv tanqisligining oldini olish uchun yangi choralar qabul qilindi

O‘zbekistonda sug‘orish tizimida suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Sug‘orishda suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan 389 kilometr kanallarni rekonstruksiya qilish va betonlashtirish rejalashtirilgan.

Ushbu ishlar natijasida yiliga o‘rtacha 206 million kub metr suv resurslarini hamda 26 million kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, 158,4 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish choralari kuchaytiriladi.

Qarorga muvofiq, sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va betonlashtirish ishlari “bir kanal – bir tizim” tamoyili asosida, avval betonlashtirilgan yoki betonlashtirish boshlangan kanallardan suv oluvchi tarmoqlarda birinchi navbatda amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligida suv tyejovchi sug‘orish tyexnologiyalarini joriy etish bo‘yicha  xarajatlarning bir qismi qoplab byeriladi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid