AQŞ prezidenti Donald Tramp Erondan “sözsiz taslim böliş”ni talab qildi. “Eron bilan heç qanday kelişuv bölmaydi, faqat sözsiz taslim bölişdan boşqa yöl yöq!” — deb yozdi u 6 mart, juma kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Bundan sal oldin Eron yana Fors körfazi hududidagi turli nişonlarga hujum qilgan edi.
Tramp şunday qöşimça qildi: Islom Respublikasi taslim bölganidan keyin, AQŞ va uning ittifoqçilari Eronni “jar yoqasidan qaytarişga va uni iqtisodiy jihatdan har qaçongidan ham kattaroq, yaxşiroq va kuçliroq qilişga” yordam beradi.
Uning aytişiça, buning şarti — “ajoyib va maqbul rahbar” yoki bir neça rahbarlik qiluvçi şaxslarni tayinlaşdir. Tramp öz postini quyidagi şior bilan yakunladi: “Eronni yana buyuk qilamiz!”
5 mart kuni bergan intervyusida Tramp halok bölgan Eron rahbari Ali Xominaiyning vorisi masalasini hal qilişda iştirok etmoqçi ekanini bildirdi.
Eronda ehtimoliy nomzodlar qatorida, jumladan, Xominaiyning öğli Mujtabo ham tilga olinmoqda. Ammo Tramp uni “maqbul emas” va “juda kuçsiz şaxs” deb rad etdi.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarşi keng kölamli havo hujumlarini boşladi. Bu hujumlar natijasida Xominaiydan taşqari Eron rahbariyatining boşqa a’zolari ham öldirilgan.
Javob tariqasida Eron 28 fevraldan beri Isroilga, Fors körfazidagi qator davlatlarga va mintaqadagi Amerika obektlariga zarbalar bermoqda.













