Özgidromet 10-12 mart kunlari respublikaning şimol hududlari uçun havo haroratining - 8 darajagaça, boşqa hududlar uçun - 3 darajagaça pasayib ketişi bilan boğliq ogohlantiriş xabarini e’lon qildi.
Joriy yilning qiş mavsumi butun meteorologik kuzatuvlar davrida eng issiq qiş bölgani, bölib ham ötgan fevral oyi ayrim hududlarda xuddiki aprel kabi ötganini hisobga olsak, joriy sovuqlik kutilmasi ayni qişloq xöjalik sektori uçun turliça zararlanişlarni taqdim etişi mumkin. Nabotot olami issiq fevral sabab, muddatidan ança oldin ösiş davriga kirib qoldi.
Şunga qaramay, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida uşbu sovuqlik tölqini dov-daraxtlarga u qadar katta xavf tuğdirmaydi. Çunki şimolda hozirda dov-daraxtlar erta uyğoniş davriga kirib bormadi. Surxondaryo viloyati boğlari uçun (toğli hududlarini hisobga olmasa) joriy sovuqlik tölqini kuçli sovuq urişlarini taqdim etmaydi.
Ammo, boşqa viloyatlar, xususan, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toşkent kabi viloyatlar boğlaridagi dov-daraxtlar guli, hosiliga kelayotgan sovuqlik tölqinining ta’siri katta. Vodiy viloyati aholisi esa sovuq urişiga qarşi samarali agrotexnik ta’sir çoralarini qöllaş orqali hosilni saqlab qolişlari mumkin.











