Oq uy rahbari Donald Trampning sözlariga köra, Erondagi uruş avval rejalaştirilgandan ham tezroq yakunlanişi mumkin. U 9 mart, duşanba kuni CBS News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida şunday dedi: “Menimça, uruş deyarli yakunlandi. Ularda na flot bor, na aloqa, na harbiy-havo kuçlari bor”.
Şu bilan birga, u AQŞ va Isroil hali “yetarliça ğalaba qozonmagani”ni ham ta’kidladi.
Keyinroq, Floridadagi matbuot anjumanida Tramp jurnalistlardan birining “Erondagi uruş şu hafta tugaydimi?” degan savoliga salbiy javob berdi. Faqat bu “juda yaqin orada” sodir bölişini aytdi, ammo aniq sanani keltirmadi. Uning sözlariga köra, uruşdagi eng katta xavf uç kun avval ortda qolgan.
Tramp CBS’ga bergan intervyusida Eron raketalari deyarli töliq yöq qilingani, dronlar va ularni işlab çiqariş zavodlari işdan çiqarilganini ta’kidladi: “Agar vaziyatga qarasangiz, ularda heç narsa qolmagan. Harbiy nuqtai nazardan qaraganda, ularda heç narsa qolmagan”.
AQŞ prezidentining ta’kidlaşiça, bir neça kun avval Tehron töliq nazorat qilinayotganini iddao qilgan dengiz qatnovi uçun muhim bölgan Hörmuz böğozi hozirda oçiq va unda kema qatnovi amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, Tramp AQŞ bu böğozni “öz nazorati ostiga olişi” mumkinligi haqida öylayotganini ham qöşimça qildi.
Ayni paytda, Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Tehrondan Hörmuz böğozi orqali erkin kema qatnoviga ruxsat olişni istagan arab va Yevropa mamlakatlaridan Isroil hamda AQŞ elçilarini çiqarib yuborişni talab qildi.
Donald Tramp Eronning yangi oliy rahbari lavozimiga Mujtabo Xominaiy tayinlanganidan “hafsalasi pir bölgani”ni bildirdi va uni “avvalgi muammolarning yana bir qöşimça qismi” deb atadi. Bundan oldin AQŞ prezidenti yangi eronlik rahbar Vaşingtonning ma’qullovini olişi kerakligini, aks holda “u uzoqqa bormasligi”ni aytgan edi.
Trampning Erondagi uruş tez orada yakunlanişi haqidagi fikrlari e’lon qilingaç, sönggi kunlarda keskin kötarilgan neft narxlari quladi. 9 mart keçqurun Brent markasidagi neft narxi bir barrel uçun 89,20 dollarga tuşdi, holbuki, bir kun avval u vaqtinça 120 dollardan ham oşib ketgan edi.
Trampning Floridada jurnalistlarga bergan bayonotiga köra, neft narxlarini yanada pasaytiriş maqsadida u neft bilan boğliq ayrim sanksiyalarni kamida vaqtinça bekor qiliş niyatida, “toki vaziyat me’yoriga tuşgunça”. Biroq bu çora qaysi davlatlarga nisbatan qöllanişi mumkinligini u oçiqlamadi.













