Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: AQSh Eron kampaniyasida bir necha yilga mo‘ljallangan o‘q-dori zaxirasini sarflab yubordi
Tramp ma’muriyati Eron bilan urushning dastlabki olti kunidagi xarajatlarni kamida 11,3 milliard dollarga baholagan.
Foto: US Central Command via AP
Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarshi urush boshlanganidan buyon o‘ta muhim o‘q-dorilarning bir necha yilga mo‘ljallangan zaxirasini sarflab yubordi, deb xabar bermoqda Financial Times vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga tayanib. Gap uzoq masofaga harakatlanuvchi «Tomahawk» raketalari haqida ham bormoqda.
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) hisob-kitoblariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urushning dastlabki 100 soati mobaynida AQSh «Tomahawk» rusumli raketalardan 168 tasini ishlatgan. «Bu juda ko‘p. Va ularning o‘rnini to‘ldirish uchun yillar ketadi», – degan FT nashriga amerikalik kongressmenlardan biri.
Pentagon yaqin kunlar ichida Oq uy va Kongressga 50 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha harbiy moliyalashtirish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishni rejalashtirmoqda.
Trampning ma’muriyati Eron bilan urushning dastlabki olti kunidagi xarajatlarni kamida 11,3 milliard dollarga baholagan. Reuters agentligi 11 mart kuni Kongressdagi yopiq brifingda aynan shunday raqamlar keltirilganini yozgandi.
9 mart kuni The New York Times Ukraina Rossiyaga qarshi urush boshidan buyon Patriot tizimlari uchun 600 ga yaqin raketa olgani, AQSh esa Eronga qarshi urushning bir haftasida shunday raketalardan 800 tasini ishlatib yuborgani haqida xabar bergandi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt 12 mart kuni Eronga qarshi amaliyotning prezident Tramp tomonidan qo‘yilgan «maqsadlariga erishish» uchun Amerika qurolli kuchlari «yetarlicha» o‘q-dori va qurol-yarog‘ga egaligini aytgandi.
Mavzuga oid
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:19 / 02.04.2026
Eron hech qachon tajovuzkorlik yo‘lini tanlamagan – Pizishkiyon amerikaliklarga murojaat qildi
18:01 / 02.04.2026