Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.

Faqat Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 14 mart kuni keçqurun va 15 mart kuni ba’zi joylarda yomğir yoğadi.

Havo harorati kötarilişi davom etadi. Juma kuni kunduzi havo +8…+13 darajagaça, şanba va yakşanba kunlari esa +14…+17 darajagaça isiydi.

Keçalari ham harorat kötariladi. Mamlakat hududining katta qismida keçalari 0…+5 daraja atrofida böladi. Faqat respublikaning ayrim joylarida keçalari kuçsiz sovuq saqlanib turadi. Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi.

Toşkent şahrida 13–15 mart kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati juma kunduzi +11…+13 daraja, dam oliş kunlari esa +13…+15 daraja böladi. Harorat keçalari –1…+4 daraja böladi.