Şavkat Mirziyoyev 13 mart kuni aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişida ayrim hokimlar sayyor qabullarni «nomiga» ötkazayotganini tanqid qildi.

Yiğilişda mamlakat aholisi 38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi 20 milliondan oşgani, sönggi töqqiz yilda aholi daromadi 2 karra köpaygani qayd etilgan. Xalqning oğirini yengil qiliş, kötargan masalalariga yeçim topiş böyiça vazir va hokimlar mahallaga tuşib işlaydigan tizim yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmuşini yaxşilaşga 56 trillion söm ajratilmoqda.

«Endi vazirlar, hokimlar öziga savol bersin: şunça imkoniyat böla turib, aholi kötargan masalalarga vaqtida yeçim topib beryaptimi? Bundan töqqiz yil oldin Xalq qabulxonalari taşkil qilinganda bitta maqsad qöyilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlaştiriş. Töğri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali işladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda özgartiradigan vaqt keldi», dedi prezident.

Davlat rahbari bundan keyin «Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida kömak berişim kerak» degan şior har bir tuman, şahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy taşkilot rahbarlarining boş qoidasi bölişi zarurligini qayd etdi.

Mamlakatda har ön ming kişiga örtaça 319 ta ariza va şikoyat töğri keladi. Lekin bu körsatkiç Toşkent şahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qaşqadaryoda 368 ta, Toşkent viloyatida 350 tani taşkil qilmoqda.

Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron va Yangiyer şaharlarida har ön ming aholiga töğri keladigan arizalar soni boşqa tumanlardan ikki barobar yuqori. Murojaatlar soni respublikada 16 foizga kamaygani bilan Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqal’a tumanlari, Namangan şahrida oldingi yildan 50 foizgaça oşgan.

Şavkat Mirziyoyev Buxoro, Karmana, Uçquduq, Sardoba, Xovos, Böstonliq tumanlari, Angren, Ğozğon şahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan «nomiga» gaplaşib, sayyor qabul ötkazdim deb yurganini tanqid qildi.

Ötgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning özi rahbar qilib tayinlangandi.

Qoraqalpoğiston, Andijon, Qaşqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning özi şuğullangani uçun hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi kötargan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bölayotgani ta’kidlandi. Lekin qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin özgariş qilmagani körsatib ötildi.