Rossiya Adliya vazirligi siyosatşunos va yozuvçi Nina Xruşçevani «çet el agentlari» reyestriga kiritdi.
U 1953 yildan 1964 yilgaça KPSS Markaziy Qömitasining sobiq birinçi kotibi va SSSR Vazirlar Kengaşi raisi bölgan Nikita Xruşçevning evarasi.
Nina Xruşçeva Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoralagan. Uning ustidan Z-faollar şikoyat yozgan. Ayol 1991 yildan beri AQŞda yaşaydi.
Rossiya qonunçiligiga köra, «çet el agenti» deb e’tirof etilgan fuqarolar va taşkilotlar öz faoliyati va xarajatlari töğrisida Adliya vazirligiga muntazam ravişda hisobot taqdim etişi, barça maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «çet el agenti» ekanini belgilab qöyişi şart.
2022 yil oxiridan boşlab Rossiya Adliya vazirligi çet el agentlarining yagona reyestrini yuritib kelmoqda. Hozirgaça unga mingga yaqin şaxs va taşkilot kiritilgan.
«Çet el agenti» haqidagi talablarni buzganlik uçun jarima va hatto jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

















