Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Hörmuz böğozi oçiqligi, faqat AQŞ, Isroil va ularning ittifoqçilariga tegişli kemalar uçun çeklovlar mavjudligini ma’lum qildi.
"Hörmuz böğozi orqali köplab tanker va kemalar ötmoqda, u faqat Amerika va Isroil kema va tankerlari uçun yopiq", — dedi Aroqçi MS Now telekanaliga bergan intervyusida.
U boşqa davlatlarning mintaqadagi kemalar xavfsizligiga oid xavotirlari Eron bilan boğliq emasligini ta’kidladi.
"Aslida Hörmuz böğozi oçiq. U faqat duşmanlarimizning tanker va kemalari uçun yopiq. Bizga hujum qilayotganlar va ularning ittifoqçilari uçun. Qolganlar bemalol ötişlari mumkin", - dedi u.
Avvalroq Financial Times gazetasi Yevropaning bir neça mamlakatlari Tehron bilan öz kemalarining Hörmuz böğozi orqali xavfsiz ötişini kafolatlaydigan kelişuv tuziş yuzasidan dastlabki muzokaralar olib borayotgani haqida yozgandi.












