U o‘z murojaatida ushbu davr mobaynida birgalikda amalga oshirilgan tashabbuslar, loyihalar va hamkorlik uchun ustozlar, hamkasblar hamda barcha sheriklarga minnatdorlik bildirgan. Burhonovning ta’kidlashicha, o‘tgan yillar unga katta tajriba va muhim saboqlar bergan.

Ahror Burhonov tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislardan biri hisoblanadi. U 2022 yildan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi sifatida ishlab, vazirlik faoliyatiga oid axborot siyosati va ommaviy kommunikatsiyalar yo‘nalishida faol ishtirok etgan.

Yangi lavozimida u AQShning Vashington shtatida O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan diplomatik faoliyatni amalga oshiradi.

Vashington shtatida O‘zbekistonning bosh konsulligini tashkil etish mamlakatning AQShning g‘arbiy sohilidagi hududlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiya va biznes aloqalarini rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik fuqarolarga konsullik xizmatlarini yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.