Özbekistonga Xitoyda işlab çiqarilgan 100 ta agrodron olib kelindi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Jahon banki kömagida olib kelingan mazkur dronlarning 50 tasi ekin maydonlarini masofadan monitoring qiliş, yana 50 tasi esa, öğitlaş, zararkunandalarga qarşi işlov beriş va agrotexnik tadbirlarni bajariş uçun möljallangan.
“Loyiha doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan mahalliy kadrlar ham tayyorlanmoqda. “Özdaverloyiha” DILI va uning hududiy bölinmalarining 30 nafar mutaxassisi dronlarni boşqariş va texnik xizmat körsatiş böyiça öqitilmoqda, kelgusida esa 100 nafar malakali operator tayyorlaş rejalaştirilgan”, deyiladi xabarda.
9 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev qişloq xöjaligida yangi yerlarni özlaştiriş va sohada ilm-fanni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişgandi. Taqdimotda qişloq xöjaligi uçun kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan, talabalarni agrodronlardan foydalanişga öqitiş yölga qöyilişi aytilgandi.












