Adliya vazirligi «Köçmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi şartnomalari böyiça hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun notariuslar va banklar örtasida elektron ma’lumotlar almaşiş tartibi töğrisida»gi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.
2026 yil 1 apreldan köçmas mulk obektlari, işlab çiqarilganiga 10 yildan oşmagan M, N, O va G toifaga kiruvçi transport hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdi şartnomalarini tasdiqlaşda taraflar örtasidagi hisob-kitoblarning amalga oşirilgani notarius va banklar örtasidagi elektron ma’lumot almaşiş yöli bilan aniqlanadi.
Unga köra, notariuslar köçmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi şartnomalarini notarial tartibda tasdiqlaşni taraflar örtasidagi hisob-kitoblar böyiça banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oşiradi.
Köçmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi şartnomalari böyiça hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
- Xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron şakldagi ariza bilan murojaat qiladi;
- Bank tomonidan taraflar örtasida şartnoma böyiça kelişilgan pul mablağlari naqd yoki naqdsiz şaklda eskrou hisobvarağiga kirim qilinadi;
- Şartnoma tölov majburiyatlarini keçiktiriş şarti bilan amalga oşirilsa, tegişli eskrou hisobvarağiga taraflar örtasida kelişilgan (boşlanğiç) pul mablağlari kirim qilinadi;
- Şartnoma töliq yoki qisman kredit mablağlari asosida amalga oşirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron ma’lumot yuboriladi;
- Xaridor yoki uning vakilining bankdagi (bank kartasi, talab qilib olingunça, elektron hamyon) hisobvaraqlaridan eskrou hisobvaraq sifatida foydalanilişi mumkin;
- Taraflar oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştiriş uçun notariusga murojaat qiladi;
- Notarius eskrou hisobvarağida mablağlar mavjudligini elektron şaklda tekşirib oladi hamda şartnomani tasdiqlaydi.
Şundan söng, pul mablağlari sotuvçi yoki uning vakili hisobvarağiga ötkaziladi yoki hisobvarağiga ötkazilgan mablağlar ularning söroviga köra naqd şaklda taqdim etiladi.












