Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xominaiy ikki vositaçi orqali yuborilgan AQŞ bilan tinçlik muzokaralari böyiça taklifni qabul qilişdan boş tortdi. Bu haqda anonimlik şarti bilan Eron rahbariyatining yuqori martabali vakili ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, mamlakat oliy rahbariyati yiğilişida Mujtaba Xominaiy «AQŞ va Isroil tiz çökmagunça, mağlubiyatni tan olmagunça va tovon tölaşga rozi bölmagunça, tinçlik uçun qulay vaqt bölmasligini» aytgan.

Yiğilişda Eronning yangi oliy rahbari şaxsan iştirok etganiga aniqlik kiritilmagan. Avvalroq, manbalar 28 fevral kuni AQŞ va Isroil tomonidan Eronga berilgan zarbalar oqibatida yaralangan Mujtaba Moskvada davolanayotganini ma’lum qilgandi. Rossiya hukumati bu ma’lumotga izoh berişdan boş tortdi.

Axios va Drop Site News naşrlari Eron va AQŞ bevosita aloqalarni tiklagani haqida xabar berdi. Axios versiyasiga köra, Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffga uruşni töxtatiş haqida xabar yuborgan. Öz navbatida, Drop Site News naşri Eron manbalariga tayanib, Uitkoff aloqa örnatişga uringanini ta’kidladi. Aroqçi ijtimoiy tarmoqda Uitkoff bilan aloqada emasligini yozdi.

16 mart kuni prezident Donald Tramp Eron AQŞ bilan aloqaga çiqqanini, biroq bunda iştirok etayotgan eronlik amaldorlar kelişuv tuziş vakolatiga ega yoki ega emasligi aniq bölmaganini aytdi. Şu bilan birga, Tramp Eron bilan muzokaralarga umuman qarşi emasligini aytdi.