Ma’lum qilinishicha, elchixonaning tezkor harakatlari natijasida fuqaroga barcha zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi. Xususan, diplomatlar uning huquqiy maqomini tartibga solish va Maldiv orollaridan chiqib ketishini ta’minlash maqsadida mahalliy vakolatli organlar bilan muzokaralar olib borgan.
Natijada, u 2026 yil 15 mart kuni sog‘-omon O‘zbekistonga qaytarildi.
Shu munosabat bilan elchixona xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki rejalashtirayotgan fuqarolarni qonun talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Jumladan, mehnat faoliyatini faqat rasmiy shartnoma va tegishli ishchi vizasi asosida amalga oshirish, borilayotgan mamlakat qonunchiligi bilan oldindan tanishish hamda xorijga yetib borgach, konsullik ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etildi.
Shuningdek, pasport va boshqa shaxsiy hujjatlarni uchinchi shaxslarga topshirmaslik zarurligi ta’kidlandi.
Elchixona favqulodda holatlar yoki huquqiy muammolar yuzaga kelganda Dehli shahridagi diplomatik missiyaning konsullik bo‘limiga zudlik bilan murojaat qilishni so‘radi.







