Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xominaiy Yaqin Şarqdagi mojaroni yumşatiş böyiça, Tehronga ikki vositaçi davlat vakillari orqali yetkazilgan takliflarni rad etdi. Bu haqda 17 mart, seşanba kuni Reuters agentligi yuqori lavozimli eronlik amaldorga tayanib xabar qildi.
Agentlik suhbatdoşining, ismi sir saqlangan holda aytgan sözlariga köra, Xominaiy Eron AQŞ va Isroildan “qattiq va jiddiy” qasos olişi kerak, deb hisoblaydi. Bu pozitsiya u yangi oliy rahbar etib tayinlanganidan keyin taşqi siyosat böyiça ötkazilgan birinçi yiğilişda bayon qilingan. Şu bilan birga, u uçraşuvda şaxsan iştirok etgan-etmaganiga aniqlik kiritilmagan.
Mujtaba Xominaiy 8 mart kuni tayinlanganidan buyon jamoatçilik oldida köringani yöq. Xominaiyning xalqqa qaratilgan 12 martdagi birinçi murojaati matnini Eron davlat telekanali boşlovçisi öqib eşittirgan.
Vositaçilar orqali yetkazilgan “keskinlikni pasaytiriş yoki öt oçişni töxtatiş” haqidagi takliflarga javoban, Eron rahbari “to Qöşma Ştatlar va Isroil tiz çöktirilmaguniça, mağlubiyatni tan olmaguniça va tovon tölamaguniça, tinçlik uçun munosib vaqt bölmaydi”, deb bildirgan, dedi eronlik amaldor.
Bundan oldin diplomatik sa’y-harakatlardan xabardor Reuters manbalari AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarning Eron bilan uruşni töxtatiş böyiça muzokaralarni boşlaş takliflarini qaytarganini xabar qilgan edi. Şu bilan birga, Tehron AQŞ va Isroil tomonidan berilayotgan zarbalar töxtamaguniça har qanday sulh imkoniyatini rad etmoqda.

















