AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonning Yevropadagi ittifoqçilari Hörmuz böğozidagi ehtimoliy harbiy operatsiyaga qöşilmagani uçun NATOni “qoğoz yölbars” deb atadi.

“NATO AQŞsiz qoğoz yölbars hisoblanadi! Qörqoqlar! Biz buni eslab qolamiz!” – deb yozdi Amerika yetakçisi özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.  

“Ular yadroviy Eronni töxtatiş uçun kuraşga qöşilişni istaşmayapti. Endi, bu kuraş harbiy jihatdan ular uçun sezilmas xavf bilan yutib çiqilganida neft narxining yuqoriligidan norozilik bildirişmoqda, lekin Hörmuz böğozini oçişga yordam berişni xohlaşmaydi. Aslida gap oddiy harbiy manyovr va neft narxi yuqoriligining yagona sababi haqida bormoqda. Ularga buni amalga oşiriş juda oson va deyarli xavf yöq”, – deya qöşimça qildi Oq uy rahbari. 

Yevroittifoqning kuni keça bölib ötgan sammitida AQŞni Eron bilan nizoda harbiy qöllab-quvvatlaş borasida qaror qabul qilinmadi. Qatnaşçilar faqat Somali sohillari va Qizil dengizdagi YeI missiyalari uçun kemalar sonini oşiriş böyiça umumiy çaqiriq bilan çeklandi.