16 mart kuni Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatlaşgan AQŞ prezidenti Donald Tramp «Kubani egallaş şarafiga muyassar bölaman, deb işonaman», dedi. Jurnalist aniqlik kiritişni söraganida u: «ha, Kubani qaysidir körinişda egallaş», deb qöşimça qildi.

«Kubani egallaş. Demoqçimanki, uni ozod qilamanmi yoki bosib olamanmi — oçiğini aytganda, u bilan nima xohlasam şuni qila olaman, deb öylayman», dedi AQŞ yetakçisi.

Tramp, şuningdek «vaqt yaqinlaşayotgani»ga işora qildi. «Ular biz bilan gaplaşişmoqda. Bu muvaffaqiyatsiz davlat. Ularning puli yöq. Ularning nefti yöq. Ularda heç narsa yöq», dedi u Oval kabinetda.

Keyin uning xayoliga yana bir fikr keldi: «Ularning yeri yaxşi va manzarasi çiroyli. Öylaymanki, Kuba öziga xos tarzda, turizm va qolgan hamma narsasi bilan gözal orol, ob-havosi ajoyib», dedi Tramp.

New York Times'ning yozişiça, hatto Trampning prezident sifatida öz fikrini oçiq aytiş borasidagi standartlari bilan ölçaganda ham, Kubani egallaşga doir bu izohlari hayratlanarli darajada böldi.

Ötgan asrning ikkinçi yarmida Fidel Kastro Kubada hokimiyatga kelganidan beri AQŞda 13 ta prezident almaşdi. Ularning har birining uşbu kommunistik orol-davlat bilan öziga xos murakkab va köpinça ziddiyatli munosabatda bölgan. Ammo hozirgaça heç kim uşbu xalq ustidan nazoratni qölga oliş haqida bunçalik oçiqçasiga mulohaza yuritmagan edi.

AQŞning barça prezidentlari 1962 yilgi «Kuba raketa inqirozi»ni hal qiliş böyiça Sovet Ittifoqi bilan tuzilgan kelişuv doirasida Kubaga bostirib kirmaslik yoki bosqinni qöllab-quvvatlamaslik haqidagi va’dasiga sodiq qolib kelgan.