22 ta davlat qöşma bayonotda Hörmuz böğozi orqali xavfsiz ötişni ta’minlaşga hissa qöşişga tayyorligini bildirdi. Davlatlarning şu haqdagi qöşma bayonotini BAA taşqi işlar vazirligi e’lon qildi.
«Biz Eronning Fors körfazidagi tinç savdo kemalariga yaqinda uyuştirgan hujumlarini, fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, neft-gaz obektlariga qilingan hujumlarni va Eron kuçlari tomonidan Hörmuz böğozining amalda yopilişini keskin qoralaymiz. Biz mojaroning kuçayişidan çuqur xavotir bildiramiz. Biz Eronni öz tahdidlarini zudlik bilan töxtatişga çaqiramiz», deyiladi xabarda.
Birlaşgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Daniya, Latviya, Sloveniya, Estoniya, Norvegiya, Şvetsiya, Finlyandiya, Çexiya, Ruminiya, Bahrayn, Litva va Avstraliya yetakçilarining qöşma bayonotida aytilişiça, ular tayyorgarlikni rejalaştirişda iştirok etayotgan mamlakatlarning majburiyatlarini olqişlaydi.
Imzolovçi davlatlar fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, neft-gaz obektlariga hujumlarga zudlik bilan keng qamrovli moratoriy joriy etişga çaqirdi.
AQŞ va Isroil harbiy operatsiyasi boşlanganidan keyin Eron jahon neft savdosining 20 foizigaça yetkazib beriladigan Hörmuz böğozini kemalar qatnovi uçun yopdi. Tehron AQŞ va Isroilning öz energetika obektlariga hujumlari munosabati bilan Yaqin Şarqdagi AQŞ ittifoqçilari bölgan mamlakatlar hududidagi neft va gaz işlab çiqariş korxonalariga zarba beriş rejalarini e’lon qildi.
19 mart kuni Qatarning QatarEnergy neft-gaz kompaniyasining suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqariş obektlari ham zarbalar ostida qoldi.
18 mart kuni Isroil dunyodagi eng yirik Şimoliy/Janubiy Pars gaz koniga zarba bergan edi.












