Öldirilgan Ali Xominaiy öğlining rahbar sifatidagi salohiyatiga şubha uning uzoq vaqt davomida jamoatçilik oldida köriniş bermagani tufayli paydo böldi. Bu haqda Axios manbalarga tayanib xabar berdi.
Mujtaba AQŞ va Isroil harbiy operatsiyasi boşlanganidan beri yöqolib qoldi. Uning 12 mart kuni xalqqa murojaati boşlovçi tomonidan öqib eşittirildi. Yana bir murojaat 20 mart kuni tarqatildi. Axios manbalariga köra, Amerika va Isroil maxsus xizmatlari Mujtabaning Navröz bayrami munosabati bilan çiqiş qilişini kutgan, biroq yakunda faqat yozma bayonot e’lon qilindi.
«Bizda aynan u buyruq berayotgani haqida heç qanday dalil yöq», deb naşr Isroilning yuqori martabali amaldoridan iqtibos keltirdi. Axios suhbatdoşlaridan yana biri vaziyatni «öta ğalati» deb atadi.
«Biz eronliklar marhumni oliy yetakçi sifatida saylaş uçun şunça maşaqqatlarga boradi, deb öylamaymiz, biroq şu bilan birga, bizda uning mamlakatni boşqarayotgani haqida dalillar yöq», deb ma’lum qildi manba. Uning aytişiça, Markaziy razvedka boşqarmasi Navröz bayrami munosabati bilan e’lon qilingan kiçik Xominaiy suratlari yangiligini tekşirişga harakat qilmoqda. Axios suhbatdoşining ta’kidlaşiça, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon, öz navbatida, videomurojaat yöllagan.
«Biz Mujtabani heç bölmaganda qanday körinişda bölsa ham körişni xohlagan edik. Lekin u köriniş bermadi va bu xavotirli signal», deb xulosa qildi manba.
Reuters mart oyi boşida Mujtaba Xominaiy 28 mart kuni AQŞ va Isroilning Eronga bergan birinçi zarbasi çoğida yengil jarohat olgani haqida xabar bergan edi.
The Telegraph naşrining ta’kidlaşiça, Ali Xominaiyning öğli hujumdan biroz oldin boğga sayrga çiqqani uçun raketa hujumidan omon qolgan. Eron rasmiylari hujum çoğida Mujtaba jarohatlanganini tan oldi, biroq u jiddiy jarohat olmagani, uning hayoti va soğliğiga heç narsa tahdid solmayotganini ta’kidlamoqda.


















