Taşrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ötkazilişi, şuningdek, Özbekiston va Tojikiston yetakçilari raisligida Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötişi rejalaştirilgan.
Kun tartibidan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaş, jumladan, döstlik va yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik aloqalarini rivojlantiriş masalalari örin olgan.
Şuningdek, siyosiy muloqotni kengaytiriş, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni çuqurlaştiriş, sanoat kooperatsiyasi hamda transport sohasida özaro boğliqlikni kuçaytiriş, suv va energetika xavfsizligini ta’minlaş, madaniy-gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadilar, şuningdek, köp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlikni muhokama qiladi.
Taşrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi, şuningdek, yangi qöşma loyihalarni işga tuşiriş közda tutilgan.












