Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, marhumlar 79 yoshli M.S. (ayol), uning 37 yoshli nevarasi D.Yu. (ayol) va va 17 yoshli evarasi M.J. (o‘g‘il) bo‘lgan. O‘rta Chirchiq tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining ma’lumotnomasiga asosan, ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular ushbu mahallaga bir necha kun avval ko‘chib kelgandi.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.