Tojikiston yetakçisining Özbekistonga davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlardagi muhim siyosiy voqealardan biri böldi. Rasmiy kutib oliş marosimi çoğida ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarilib, faxriy qorovul saf tortdi. 

Ma’lum qilinişiça, taşrif doirasida bugun Özbekiston va Tojikiston rahbarlari örtasida ikki tomonlama muzokaralar bölib ötadi. Şuningdek, Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi ham kun tartibidan örin olgan.

Oliy darajadagi uçraşuvlar çoğida ikki davlat örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Taşrif Özbekiston va Tojikiston örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.