Toşkent şahrida haydovçi Tracker rusumli avtomobilini piyodalar ustiga qasddan haydab bordi. Toşkent şahri IIBB xabariga köra, hodisa 26 mart kuni Yunusobod tumani Niyozbek yöli köçasida sodir bölgan. 

Qayd etilişiça, 27 yoşli erkak özining sobiq rafiqasi va uning yonida bölgan şaxslar bilan janjallaşib qolgan. Şundan söng öz boşqaruvidagi maşinani ularning ustiga haydagan va ularni qasddan urib yuborgan.

Hodisa oqibatida 25 yoşli ayol va uning tanişlaridan biri yengil turdagi turli jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Idora xabarida voqeaning barça iştirokçilari şaxsi aniqlangani, tuman içki işlar bölimiga olib kelingani, şuningdek, tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani ma’lum qilingan. 

Mazkur holat Içki işlar vazirligi va Toşkent şahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.