AQŞ va Isroil Eronga qarşi olib borayotgan uruş boşlanganidan beri Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) razvedkasi 103 nafar «Amerika-sionistik yollanma askarni» hibsga oldi, deb xabar berdi Eronning Tasnim agentligi. Xususan, 90 kişi «duşman ommaviy axborot vositalariga» muhim obektlarning koordinatalari va hujumga uçragan joylarning fotosuratlarini yuborganlikda ayblanmoqda.
Tört kişi Tehron elektr tarmoqlarida qöporuvçilikni rejalaştirganlikda ayblanmoqda. Eron monarxistlariga aloqador bölgan yana tört kişi «köçalardagi vaziyatni beqarorlaştiriş» niyatida bölgan. Beş kişidan iborat guruh blokpostlarga qurolli hujumlar uyuştirişni rejalaştirgan.
Bundan taşqari, Tasnim ma’lumotlariga köra, Internetga kiriş çeklovlarini çetlab ötiş uçun vositalar savdosida gumon qilingan 16 nafar Starlink uskunasi egalari va 400 kişiga nisbatan çoralar körilgan.
28 fevral kuni Isroil va AQŞ Eronga qarşi qöşma harbiy operatsiya boşladi, uning davomida harbiy obektlar, neft-gaz infratuzilmasi va elektr ta’minoti tizimiga hujum qilindi. Bundan taşqari, Eron rejimining köplab yuqori martabali vakillari, jumladan, oliy rahbar Ali Xominaiy öldirildi. Eron, öz navbatida, Isroilga, mintaqadagi AQŞ bazalariga va Fors körfazi mamlakatlarining energetika obektlariga zarba bermoqda.


















