Özbekiston prezidenti 26 mart kuni imzolagan qonun bilan, “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Qonunning 271-moddasiga kiritilgan özgartişlarga köra, şaxsga doir quyidagi ma’lumotlar Özbekiston hududida saqlanişi şart:
- şaxslarning biometrik ma’lumotlari;
- şaxslarning genetik ma’lumotlari;
- Özbekiston hududida faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvçi jismoniy şaxslarning ma’lumotlari.
Yuqorida körsatilmagan şaxsga doir ma’lumotlar quyidagi şartlardan biri bajarilganda, Özbekistondan taşqarida saqlanişi va işlov berilişi mumkin:
- çet davlatni şaxsga doir ma’lumotlarning bir xil himoya qilinişini ta’minlovçi davlat sifatida tan oliş;
- operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvçi standart şartnomaviy şartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinişi va ularga rioya etilişi;
- röyxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan şaxsga doir ma’lumotlarni boşqariş va saqlaş sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilişi.
Şaxsga doir ma’lumotlar bir xil himoya qilinişini ta’minlovçi çet davlatlar röyxati Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bundan taşqari, “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonun talablari endi nafaqat davlat sirlariga nisbatan, balki “mudofaa va milliy xavfsizlik masalalariga taalluqli ma’lumotlar”ga nisbatan ham tatbiq etilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kun – 2026 yil 27 martdan e’tiboran kuçga kirdi.
Eslatib ötamiz, “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunning 271-moddasi – katta şov-şuvlar markazida qolib kelayotgan edi. Bu modda qonunga 2021 yilda qöşilgan bölib, unga asosan Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma’lumotlarini jismonan Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlaş talabi qöyib kelinayotgan edi.













