Kun.uz öz suriştiruvida oson şartlarda avtomobil yetkazib berişni va’da qilayotgan “Global avto kredit” MÇJ faoliyatini şubha ostiga olgandi. Kötarilgan masalalar böyiça “avtosalon” direktori va sotuv bölimi boşliği tuşuntiriş berdi. “Global avto” bilan şartnoma tuzgan vatandoşlarning ma’lum qilişiça, ayni vaqtda firma ofisi muhrlab ketilgan. Kun.uz holat yuzasidan IIVga sörov jönatdi.
Qimmatbaho elektromobilni öz narxida foizsiz bölib tölaş şarti bilan taklif qilişsa, xarid qilgan bölarmidingiz? Bu savolga köpçilik öylab ham ötirmasdan ha deb javob beradi. Çunki Özbekiston avtomobil bozorida bunaqa taklif hali yangramagan. Şu sababli bunday oson şartdagi taklif şubha tuğdiradi.
Kun.uz öz suriştiruvida şu va şu kabi oson şartlarda avtomobil olib berişni va’da qilgan “Global avto kredit” MÇJ faoliyatini şubha ostiga olgandi. Suriştiruv e’lon qilinganidan söng “Global avto kredit” MÇJ ta’sisçisi Bekzod Baxtimurodov va firma boş menejeri Dilşod Toşboyev tahririyatga taşrif buyurib, tuşuntiriş berdi. Kun.uz jurnalisti ularga bir neçta savollar bilan yuzlandi.
Tahririyat jurnalisti va “Global avto kredit” MÇJ mansabdorlari örtasidagi suhbat quyidagiça keçdi:
Dilşod Toşboyev, “Global avto kredit” MÇJ boş menejeri:
“Kun.uz’da çiqqan maqolada şunaqa bir bandi borki, ular heç qayerda bölmagan qanaqadir 10 foizlik “rassroçka” haqida gapirişgan. Töğri, bizlar maşinaning tannarxidan foyda qilamiz. Qanday qilib? Misol uçun, 200 mln sömlik maşina deb oladigan bölsak, unga özimizning foydamiz – taxminiy 10-15 mln söm qöyamiz. Mijozdan 50 yoki 60 foiz boşlanğiç tölovni bank orqali tölov qildirgan holda qolgan qoldiq summani 1 yildan 5 yil muddatgaça bölib tölaşga foizsiz beramiz. Bundan bizning asosiy foydamiz öşa 200 mln sömlik maşina tannarxiga qöşilgan 10-15 mln söm hisoblanadi. Audioyozuvlarda va maqolada yozib ötilgan, yaqinda işga kirgan menejerimiz bilan audioyozuv orqali bölgan suhbatda notöğri informatsiyalar berilgan. Sotuv menejerimizning bergan ma’lumotlari 100 foiz töğri”.
Kun.uz jurnalisti:
“Global avto” qimmatbaho elektromobillarni foizsiz bölib tölaş şarti bilan Xitoydan olib kelib berişni va’da qilyapti. Firma aynan foizsiz bölib tölaş şarti bilan bugunga qadar neçta mijozga Xitoydan qimmatbaho elektromobillar yetkazib bergan?”
Dilşod Toşboyev:
“Şu kunga qadar 20 ta atrofida Xitoydan maşinalar olib kelib, mijozlarga rasmiylaştirib berganmiz. Bölib tölaşga ham, töliq tölovda ham olganlar bölgan bularning içida”.
Kun.uz jurnalisti:
“Bu 20 nafar odam bilan şartnoma qilganmisiz yoki 20 nafar odamga maşina olib kelib berilganmi şu vaqtgaça?”
Dilşod Toşboyev:
“Şartnoma qilganmiz. Şartnomada ham hammasi oçiq-oydin körsatilgan, maşina yetkazib berilişi 6 oy, 180 iş kunida qilib belgilangan. Birinçi qilingan şartnomaga ham hali 6 oy muddat bölgani yöq. Birinçi qilingan şartnomalarga maşina yetkazib beriş vaqti yaqinlaşdi. Maşinamiz ham yaqin kunlarda yetib kelib, mijozlarga rasmiylaştirib beriladi”.
Kun.uz jurnalisti:
“Sizlar bilan şartnoma tuzgan şu 20 nafar xaridor öşa şartnomalar doirasida pullarni qanday tartibda tölov qilgan?”
Dilşod Toşboyev:
“Pullar 2 xil tartibda tölov qilingan: ayrimlari bankka borib, hisob raqamimizga şartnoma asosida tölov qilgan, ayrimi ofisimizda joylaşgan özimizning kassamizga naqd pulda tölagan. Kassirimiz u pullarni bankka kirim qilib kelmoqda”.
Kun.uz jurnalisti:
“Global avto kredit” MÇJ özining Telegram’dagi kanalida bir neçta video va foto e’lonlarni joylaştirgan. Unda mijozlarga maşinalar yetkazib berilgani haqida gap boradi. Bu video va fotolar özlaringizning xodimlar tomonidan tayyorlanganmi yoki tarmoqlarga joylaştirilgan boşqa videolarmi bular?”
Dilşod Toşboyev:
“Özimizning xodimlar tomonidan tayyorlangan. Öşa videoda ham aks etgan, Cobalt rusumli maşina körsatilgan. Bizga qanaqa mijoz kelişidan qat’i nazar ularni qaytarmaslikka harakat qilamiz. Ular Cobalt maşinasini 100 foiz tölovda xarid qiliş istagi bilan kelgan. Bizda öşa vaqtda naqd pulga maşinamiz bölmaganligi sababli mijozni qaytarmaslik uçun boşqa avtosalonga olib borganmiz: şartnoma qilgan holatda tölovini ham öşa avtosalonga tölagan, maşinani ham darhol öz nomiga rasmiylaştirib olgan. Bunda “Global avto kredit” MÇJ mijozdan heç qanaqa pul mablaği yoki qanaqadir pora sifatida mablağ olmagan”.
Kun.uz jurnalisti:
“GM avtomobillarini yillik 10 foizlik ustamada 5 yilgaça bölgan muddatda bölib tölaşga olib beriş aytilgan. Şunaqa e’lonlar bor Telegram’dagi kanallaringizda. Bu foiz Özbekistondagi yillik inflatsiya darajasidan past. Firma örtadagi farq natijasida köradigan zararni nimaning hisobiga qoplaydi?”
Dilşod Toşboyev:
“Bu zarar öşa tannarxiga qöygan foydamiz ustida. Misol uçun, bizlar 50 ta maşina sotyapmizmi, inflatsiyaning hisobida foyda qilmaylik öşa 15 foizlik “rassroçka”da berganimizda, qolganidan foyda öşanda böladi”.
Bekzod Baxtimurodov, “Global avto kredit” MÇJ ta’sisçisi va rahbari:
“Misol uçun, Cobalt avtomobilining tannarxi 150 mln söm. Agar bizlar uşbu Cobalt’ni “rassroçka”ga qiladigan bölsak, tannarxning ustiga qöşiladigan summa reklamada 150 mln söm ketadi, lekin şartnoma qilayotganda uning narxiga 10-15 mln söm qöşiladi. Va maşina tannarxi 165 mln söm deb baholanadigan bölsa, unga mijozning xohişiga köra boşlanğiç tölov tölanadi: misol uçun 30 foiz yoki 50 foiz böladi. Qoldiq summa ustiga oladigan yiliga qarab 10 foizdan qöyiladi. Agar 3 yilga oladigan bölsa, 30 foiz. Va qoldiq summasiga 30 foiz qöşilgan holatda 36 oy muddatga bölib beriladi. Bu nasiya savdo şarti. Agar uni bizlar bank orqali qiladigan bölsak, u ham özining tartibida ketadi. Faqat u bilan şartnoma bank orqali böladi”.
Kun.uz jurnalisti:
“Soliq qonunçiligidan xabaringiz bor. Sizlar qöşilgan qiymat soliği tölovçisiga aylangan bölsangiz kerak? Bunda soliqning özida yutqazib qöymaysizlarmi?”
Dilşod Toşboyev:
“Biz hali qöşilgan qiymat soliği tölovçisi emasmiz, aylanma soliq tölaymiz. Heç qanaqa yutqazmaymiz. Öşa 10 foizni ham soliqni e’tiborga olgan holatda qiymat kiritamiz. Hozir bizlar aylanmada 4 foiz soliq tölaymiz. Haligaça NDSga ötmaganimizni ham oçiqlab ketadigan bölsam, 1 mlrd sömgaça aylanma soliqda turadi, hali bizning “oborot”imiz 1 mlrd söm bölmagan. Çunki maşinaga mijozlar 30-50 foiz tölov qilyapti. Maşina 100 foiz tölov qilingan holatda mijozga rasmiylaştirib berilgandagina “oborot”imiz 1 mlrd sömdan oşadi. Hali maşinalar yölda, kelişi bilan rasmiylaştirib, NDSga endi ötamiz. Özimizning barça harajatlarni qöşgan holatda tannarx belgilab qöyamiz”.
Kun.uz jurnalisti:
“Hozir 20 ta maşinaga şartnoma qilgansizlar va bularning 4 tasi bilan 1 mlrd sömlik nuqtaga boriladi. Buning hisobini hozirgi şartnomada olmagansizlar-ku. 4 tadan keyin uning tepasida sizlarda 12 foizlik QQS paydo böladi. Demak, 10 foizlik ustama bilan 2 foizlik zarardasizlar”.
Dilşod Toşboyev:
“Biz maşinani çetdan olib kirayotganda tölov xarajatlarini qilganimizdan söng bojxona bizga NDS beradi, hisobimizga olamiz NDSni. Bizlar sotayotganimizda NDS bilan sotamiz NDSga ötganimizdan keyingina. Öşanda maşinani sotib olgan narximiz bilan sotayotgan narximiz örtasidagi farqdan 12 foiz tölaymiz. Masalan, 300 mln sömga maşina olib kirdik, 300 mln sömga möljallab bojxona bizga NDS beradi. Bizlar öşa maşinani 330 mln sömga sotamiz va 30 mln söm uçun 12 foiz NDS tölanadi”.
Kun.uz jurnalisti:
“QQS faqat siz körayotgan foyda uçun tölanadimi?”
Dilşod Toşboyev:
“Xuddi şunaqa, körayotgan foyda uçun tölanadi. Aylanmaga öxşab umumiydan 4 foiz olinmaydi”.
Kun.uz jurnalisti:
“Global avto” mijozlar bilan “avtomobilning boşlanğiç tölovi töğrisida” degan şartnoma tuzyapti. Unda sotuvçini göyoki ijaraga beruvçi, xaridorni esa ijaraga oluvçi sifatida körsatişgan. Menejyer maşina kelgaç boşqa, asosiy şartnoma tuziladi demoqda. Vaholanki, dastlabki tölovni tartibga soladigan şartnoma mana şu. Agar ertaga maşina kelmay qolsa yoki boşqa masalalar kelib çiqadigan bölsa, hozirgi tuzilayotgan şartnoma doirasida huquqiy munosabatlar hal qilinadi. Nega bu yerda munosabatlar ijara sifatida rasmiylaştirilmoqda?”
Dilşod Toşboyev:
“Asosan bölib tölaşga olingani uçun ijara qilingan, sotuvçi yoki oluvçi qilib emas. Bölib tölaşga berilgani uçun özimizga tuşunarli qilib yozganmiz. Siz aytayotgan şartnomalar mijoz bilan birgalikda körib çiqqan holatda, mijozimiz töliq öqib, tanişgandan keyingina imzolangan. Bu şartnomalar har bir mijoz bilan kelişilgan holatda tuziladi”.
Kun.uz jurnalisti:
“Avtomobil yetib kelganidan keyin kimning nomiga rasmiylaştiriladi? Firmaningmi yoki xaridorning?”
Dilşod Toşboyev:
“Avtomobil kelganidan keyin xaridorning nomiga rasmiylaştiriladi. Bölib tölaşga böladigan bölsa, notarius orqali maşina taqiqqa qöyiladi. Ayrim mijozlar bilan şunaqa kelişuvimiz böladiki, bölib tölaş şarti bilan olganda maşina firma balansida turadi va uni xuddi ijaraga oluvçi sifatida işonçnoma orqali beramiz. Maşina firma balansida qoladi. Öşalarni hisobga olgan holda biz şartnomalarni ijaraga beruvçi va ijaraga oluvçi deb yozganmiz”.
Kun.uz jurnalisti:
“Firma menejeri va Kun.uz vakili suhbatida menejer GM bilan yil boşida şartnoma qilib qöyamiz, keyin yil davomida maşina çiqarib beriladi, degan. “Global avto kredit” MÇJ bilan GM örtasida qanday şartnoma bor?”
Bekzod Baxtimurodov:
“Menejyerimiz bergan informatsiyada ayrim notöğri ketgan joylari bor, berkitadigan joyimiz yöq. Aynan “Global avto kredit” MÇJ GM bilan qilgan şartnomasi yöq. Ularning özining rasmiy avtosalonlari bor. Öşa avtosalonlaridan joyi kelganda avtomobil olamiz, nasiyaga beramiz. Va bizning iş sistemamiz asosan inomarka avtomobillariga qaratilgan. Ya’ni Xitoydan kirib keladigan elektromobillarga. GM avtomobillarini ora-orada sotib turamiz”.
Kun.uz jurnalisti:
“Nima uçun 180 kun oraliqni olgansizlar? Sizlarda ham 30-40 kunda olib kelib beriş imkoniyati bormi?”
Bekzod Baxtimurodov:
“Avtomobillar joyi kelsa 20 kunda ham yetib keladi. Bizlar şartnomada bergan muddat fors-major holatga qarab, Xitoyning aynan bitta şahridan olinmaydi. Maşina yetib kelganida har qanaqa fors-major holatlari bölişi, yetib kelayotgan maşinaning rangi özgarib qolişi mumkin. Bu maksimal özimizning himoyamizni olganda holatda bergan muddatimiz.
20 ta avtomobilning hammasi ham Xitoy maşinalari emas. Bularning orasida özimizning GM avtomobillari ham bor. Çetdan kirib kelayotgan avtomobillar muddati çözilişining öz sabablari bor. Lekin şartnomada körsatilgan muddatda maşinalar keladi. Avtomobilni bizlar aynan Xitoyning özidan olib kelolmagan taqdirda minus bölsa ham bozor variantida avtomobil olib beramiz”.
Kun.uz jurnalisti:
“Xorijiy avtomobillarga tölov qilgan fuqarolar pulni bankka olib borib tölaşini aytdinglar. Xitoydagi şerikka bu pul qanday tartibda yetkaziladi?”
Dilşod Toşboyev:
“Jismoniy şaxs nomidan yetkaziladi. Çunki u yerda özimizning asosiy vakilimiz bor. Boşqaça variant qilmoqçi bölganimizning sababi, özingiz bilasiz, yuridik şaxslar çetdan 1 yilda 2 ta maşina olib kela olişi mumkin, undan köpiga ruxsat berilmaydi. Bizlar 2 tasini konvertatsiya qilib olib kelamiz, undan keyingilarini özimizning yonimizdan naqd pul körinişida sotib olib kelamiz va jismoniy şaxs nomidan firma nomiga rasmiylaştiramiz. Uşbu pulni bankdagi hisob raqamdan soliğini tölagan holatda daromad körinişida çiqarib olamiz. Daromad körinişida çiqaradigan bölsak ham özimizga minus tomoni bor soliq tomonlama. Soliğini tölaymiz. Foydaga mana şu narsani ham kiritib ketganmiz”.
Kun.uz jurnalisti:
“Kimning daromadi sifatida çiqarib olinadi u pul?”
Dilşod Toşboyev:
“Dividend sifatida çiqarib olinadi. Ta’sisçining dividendi sifatida çiqarib olinib, naqd pulga aylantirilib, Xitoydan olib kelinadi. Xitoyga pul jismoniy şaxs nomidan jönatiladi”.
Kun.uz jurnalisti:
“Kim böladi u jismoniy şaxs? Maşinani sotib olayotgan xaridormi yoki firmangizning qaysidir xodimimi?”
Dilşod Toşboyev:
“Firma xodimi hisoblanadi”.
Kun.uz jurnalisti:
“Çegaradan xodimingiz nomiga çiqadi, keyin qanday böladi maşinaning taqdiri to xaridorga yetib kelgunça?”
Dilşod Toşboyev:
“Xodimning nomidan firma balansiga ötkazamiz rasmiylaştirib. Firma raqami taqiladi, “texpasport” olinganidan keyin u firmaning balansiga ötadi. Firma balansiga ötgandan keyin xaridorga beramiz. Çunki xaridor firma bilan şartnoma tuzgan, xodimimiz bilan emas. Notarial harakatlardagi xarajatlarning hammasi şartnomadagi summaga kiritilgan”.
Kun.uz jurnalisti:
“Şartnomaga kiritilgan deyapsiz, buni xaridor tölaydimi?”
Bekzod Baxtimurodov:
“Avtomobil xodimimiz nomiga kelganidan keyin nomimizga ötkaziş uçun hamma xarajatlar özimizning böynimizda böladi. Faqatgina bizlar firma balansidan mijozning nomiga ötkazib berganimizda, mijoz faqatgina davlat raqami taqiş uçun xarajat qiladi. Bizlar aynan qaysidir modelning rasmiy dilerligini olmaganmiz. Xudo xohlasa şuning harakatidamiz. Hali Özbekistonda bölmagan avtomobillarning dilerligini olib, mijozlarga uni taqdim qiliş harakatida yuribmiz”.
MÇJ mansabdorlari şu paytgaça 5 nafar mijoz bilan Xitoy maşinasiga şartnoma tuzildi, deyişdi. Sözlariga köra, ulardan birortasi hali egalariga keltirib berilmagan. Ammo firma Xitoydan maşinalar keltirgani haqida videolavhalar e’lon qilingan. Unda bu maşinalar qayerdan keldi, ular kimniki?
Uşbu suhbatni tayyorlar ekanmiz, qiziq holatga duç keldik: firmaga tölov qilib, keyinçalik fikri özgarib qolgan va ayni paytda pulini töliq ololmayotgan fuqaro tahririyat bilan boğlandi. Ma’lum qilişiça, u tölov qilgan pulining bir qismini olgan. Qolgan qismini oliş maqsadida “Global avto” ofisiga borganida boşqa avtoslondan Onix maşinasini xarid qilganini bildirgan. “Global avto” vakillari esa darhol uşbu maşinani ofis oldida s’yomka qilib, göyoki navbatdagi mijozga maşina yetkazib berilganini aytgan holda videolavhani firmaning Telegram’dagi kanaliga joylaştirişgan.
Albatta, dividend nima, daromad nima, ulardan qanday tartibda va foizda soliq undirilişi köpçilikka ma’lum. Şu sababli Kun.uz “Global avto”çilarning öz faoliyatlariga oid javoblarini tahlil qilişni lozim topmadi. Bu borada qanday xulosaga kelişni kuzatuvçilarning öz ixtiyoriga qoldiramiz.













