Özbekistonda sun’iy yomğir yoğdiriş va sun’iy şamol texnologiyasini bosqiçma-bosqiç joriy qiliş çoralari köriladi. Buning uçun ijobiy sinovdan ötgan xorijiy tajriba örganib çiqiladi.
Havo sifatini yaxşilaşga oid prezident farmoni bilan, Ekologiya qömitasi, Fanlar akademiyasi va Oliy ta’lim vazirligiga şunday topşiriq berildi.
Unga köra, 2027 yil 1 oktyabrga qadar poytaxtning atmosfera havosini yaxşilaş maqsadida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida namlik past bölgan hududga sun’iy yomğir yoğdiriş uçun kerakli asbob-uskunalar örnatiladi.
Buning uçun mablağ Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasidan ajratiladi.
Sun’iy yomğir texnologiyasini joriy etiş avvalroq 2026 yilgi davlat dasturiga ham kiritilgan edi. Dasturga asosan, 2026 yil 1 martdan boşlab amaliy pilot loyihani işlab çiqiş, pilot tajribalar doirasida kamida 3–5 ta amaliy sinov ötkaziş, bu orqali yoğingarçilik özgarişi tabiiy fonga nisbatan 10–20 foizga ösişini ta’minlaş közda tutilgan.












