Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) AQŞ va u bilan boğliq bir qator kompaniyalarga zarba yöllaşga va’da berib, ularni Eronga qarşi «terrorçilik operatsiyalarida» iştirok etganlikda aybladi.
Xabarda aytilişiça, AQŞ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi kompaniyalari Eronga zarbalarni rejalaştiriş va yönaltirişda iştirok etgan.
Röyxatga eng yirik texnologik korporatsiyalar va elektronika va çiplar işlab çiqaruvçilari (Cisco, HP, Intel, Oracle, Microsoft, Apple, Google, Meta, IBM, Dell, Nvidia), Palantir tahliliy dasturiy ta’minot işlab çiqaruvçisi, JPMorgan moliyaviy guruhi, şuningdek, sanoat va aerokosmik kompaniyalar (GE va Boeing) kiritilgan. Şuningdek, Tesla, G42 (BAA) sun’iy intellekt guruhi va Spire Solution kompaniyasi ham tilga olingan.
IIQK bunday operatsiyalarda iştirok etayotgan taşkilotlarni «qonuniy nişon» deb e’lon qildi va ularning xodimlarini iş joylarini tark etişga, ularga yaqin bölgan tumanlar aholisini esa kamida 1 km masofaga çekinişga çaqirdi.
Bayonotda aytilişiça, tahdidlar Tehron vaqti bilan 1 aprel soat 20:00 dan kuçga kiradi.


















