Toşkentda mast holatda avtomaşina boşqarib, yöl-transport hodisasi sodir etgan, PPX xodimiga qöl kötargan haydovçiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

Holat 30 mart kuni tungi vaqtda Yaşnobod tumanida sodir bölgan.

Ma’lum qilinişiça, Malibu va Leapmotor maşinalari özaro töqnaşib ketgaç, haydovçilar örtasida tortişuv yuzaga kelgan. Söngra Leapmotor haydovçisi 102 raqamiga qönğiroq qilib,  davlat raqam belgisiga ega bölmagan Malibu haydovçisi avariya sodir etib, unga nisbatan qöpollik qilayotgani haqida xabar bergan.

Murojaatga asosan voqea joyiga yetib borgan yöl-patrul xizmati xodimlari holatni rasmiylaştirişga kirişgan. Mast holatda maşina boşqarib kelgan Malibu haydovçisiga alkotester orqali tekşiruvdan ötiş taklif qilingan.

Haydovçi esa qarşilik körsatib, xodimlardan biriga muşt tuşirgan.

Şundan keyin u boşqa xodimlar hayoti, soğliğiga zarar yetkazişning oldini oliş maqsadida maxsus vositalarni qöllagan holda zararsizlantirilgan.

Haydovçi spirtli içimlik içgani sababli qöli kötarilib ketganini aytib, uzr söragan.

«Leapmotor avtomaşinasini turtib oldim. Töxtab, nima böldi ekan, deganimda kayfligim sababli u bilan ğijillaşganimda 102 ga qönğiroq qilib, GAI çaqirgandi. PPX xodimlari ham kelgandi. Içganligim sababli qölim kötarilib ketdi. Mingdan ming puşaymonman qilgan işimdan. Içki işlar xodimlaridan uzr sörayman. Bu hol boşqa takrorlanmaydi», – deydi haydovçi.

Hozirda u protsessual tartibda uşlangan. Holat yuzasidan hokimiyat vakiliga qarşilik körsatiş va bezorilik bilan jinoyat işi qözğatilgan.