AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni Eron manziliga qaratilgan tahdidlarini yana bir bor takrorladi, u eronliklardan Hörmuz böğozini Vaşington vaqti bilan seşanba kuni keçqurunga qadar kemalar qatnovi uçun oçişni talab qilmoqda, aks holda mamlakatdagi infratuzilmalarni vayron qiliş bilan qörqitgan.

«Butun mamlakatni bir tunda işdan çiqarsa böladi va bu tun ertagayoq kelişi mumkin», – dedi u Oq uydagi matbuot anjumanidagi çiqişida.

«Ularda köpriklar ham, elektr stansiyalari ham bölmaydi. Ular bir zumda toş asriga qaytişadi», – deya qöşimça qildi u keyinroq jurnalistlarning savollariga javoban.

Trampning ultimatumi muddati Şarqiy sohil vaqti bilan seşanba kuni soat 20:00 da, Toşkent vaqti bilan çorşanba kuni soat 5:00 da tugaydi.

«Ertaga yarim tungaça Erondagi har bir köprik butunlay vayron qilinadi, Erondagi har bir elektr stansiyasi işdan çiqadi – ular yonadi, portlaydi va boşqa heç qaçon işlatilmaydi. Agar xohlasak, bu tört soat içida sodir bölişi mumkin. Ammo biz bunday bölişini istamaymiz», – dedi Amerika yetakçisi.

***

Yaqin Şarqqa Amerikaning qöşimça kuçlari, jumladan, desantçilar va dengiz piyodalari olib kelingan. Mintaqaga oldinroq joylaştirilgan harbiy xizmatçilar bilan birgalikda Amerika kontingenti endi bir neça ön ming kişiga yetgan – bu keng kölamli quruqlik bosqini uçun yetarli emas, ammo strategik orollarni egallaş kabi muayyan amaliyotlar uçun yetarli hisoblanadi. AQŞ Hörmuz böğozini oçiş uçun böğozning özida va Fors böğozida dengiz amaliyotlari ötkazişga harakat qilib körişi mumkin.

Tramp öz bayonotlarida tilga olayotgan «dözax» sözi orqali esa katta ehtimol bilan Eron energetika infratuzilmasini öqqa tutişni nazarda tutmoqda.

Trampning ritorik eskalatsiyasi 21 mart kuni boşlangandi. U Truth Social ijtimoiy tarmoğida Eronga böğozni oçiş uçun 48 soat muhlat berişi, aks holda AQŞ «ularning elektr stansiyalarini yöq qilişi, hujumni eng kattasidan boşlaşi» bilan tahdid qilgandi.

Bu uruşda AQŞ asosan harbiy obektlar böylab zarbalar berib kelmoqda. Ammo ba’zida xatolik tufayli fuqarolik obektlari ham nişonga aylangan. Bunday xatolardan biri uruşning ilk kunida, 28 fevral kuni Minobdagi qizlar maktabiga zarba berilişi bölgandi, bu esa 180 kişi ölimiga olib kelgan, qurbonlarning aksari 12 yoşgaça bölgan qizlar edi.