“Buyuk Turon” mahallasi hududida tirbandliklarning oldini olish va maktab o‘quvchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman hokimining qarori qabul qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, Niyozbek yo‘lining 43-maktab hududiga tutash qismida bir tomonlama harakat joriy etildi. Endilikda transport vositalari Chingiz Aytmatov ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasi tomon harakatlanadi.

Shuningdek, ushbu ko‘chaga chiqish tartibi ham o‘zgartirildi: Niyozbek yo‘liga Amir Temur shohko‘chasi tomonidan ushbu ko‘chaning uchinchi yo‘lagi orqali kirish mumkin (mo‘ljal - «PAUL»).

Haydovchilarga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olish, yangi yo‘l belgilariga amal qilish va yangilangan harakat sxemasiga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.