Isroil mudofaa armiyasi boş ştabi boşliği (TsAXAL) Eyal Zamir mamlakat qurolli kuçlarini yuqori darajadagi harbiy şaylik holatiga keltirişni buyurdi. U “yaqin kelajakda” Eronga qarşi harbiy operatsiya qayta tiklanişi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi Ynet naşri öz manbalariga tayanib.

Naşr suhbatdoşlarining ma’lumot berişiça, TsAXAL avvalgi operatsiyalarga öxşaş harbiy harakatlarga tayyorlanmoqda. Manbalarning qöşimça qilişiça, «barça rejalaştiriş jarayonlari» tezlaşgan.

Şu bilan birgalikda, Isroil harbiy razvedka boşqarmasi Erondagi zarba beriladigan nişonlar röyxatini tuzmoqda, deb yozadi Ynet. Naşrning ma’lumot berişiça, gap birinçi navbatda raketa tizimlari haqida bormoqda.

12 aprel kuni Pokistonda Eron va AQŞ örtasida muzokaralar yakunlandi. AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Eron Amerika tomonining şartlarini qabul qilmagani va yadro qurolini işlab çiqiş niyatidan voz keçişni xohlamayotganini aytdi. Eron taşqi işlar vazirligi esa tomonlar ikki-uçta masala böyiça kelişa olmaganini ma’lum qilib, muzokaralar davom etişiga umid bildirdi.