Ötgan hafta Qozoğiston prezidenti Özbekistonga 1 kunlik safar bilan keldi. Buxoroda ötgan muloqotda kompleks aloqalar muhokamadan ötgan. Ikki davlat bugun 5 mlrd dollarga çiqqan savdo hajmini yanada oşirmoqçi.

Ötgan haftaning muhim voqealaridan biri – Qozoğiston prezidentining Özbekistonga safari böldi. Markaziy Osiyoning iqtisodiy jihatdan ikki yirik davlati – Qozoğiston va Özbekiston, eng katta jamiyatlar ham şu ikki davlatlarda. 

Buxoro nafaqat Özbekiston, balki bugun Markaziy Osiyoning ham eng qadimiy şaharlaridan biri. Şahar tarixi 2500 yildan ortiqqa borib taqaladi va bu yerdagi osori atiqalar deyarli töliqligiça YuNESKO madaniy boyliklari röyxatida. 

Yaqinda Tojikiston prezidenti kutib olingani kabi Qozoğiston prezidenti ham Buxoroda katta dabdaba bilan qarşi olindi. Taşrif amaliy bölsa-da, tadbirlar davlat taşrifiniki kabi turda edi. Töqayevni şaxsan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev kutib oldi va ular bir maşinada muzokaralar tomon yöl olgan. 

Qozoğiston prezidentining 1 kunlik safari kun tartibidan iqtisod, logistika, mintaqaviy hamda kompleks aloqalar örin olgan. Töqayevning Buxoroga kelişidan şuni tuşunsa böladiki, avvalo rahbarlar doimiy muloqotda. Ikkinçidan, endi hududlararo ittifoqçilik aloqalari mustahkamlanib borişi kerak. 

Masalan, Qozoğiston boş vaziri örinbosari, milliy iqtisodiyot vaziriga köra, ikki davlatning hududlarida ham muammolar öxşaş. Masalan, ekologik, deydi u. 

“Toşkent, Olmaota, Turkiston, Şimkentda birdek havo iflos. Biz bu böyiça birga işlay olamiz, kompleks yondaşsak böladi. Bilasizmi, biz hududlararo forum ötkazmoqçimiz. Birinçisi şu yilning iyuli oxirida böladi, Buni avvalo Özbekiston tomoni taşabbus qilgan. Mintaqaviy aloqa deganda şu tuşuniladi, ya’ni bizning regionlararo”, - deydi Qozoğiston Milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin. 

Ikki davlat özaro tovar ayirboşlaş hajmini yanada oşirmoqçi. Buning uçun allaqaçon körsatkiçlar mavjud. Qozoğiston hukumatiga köra, ösimlik yoği, şakar, göştni Özbekistonga yetkazib beriş hajmi 2026 yilning dastlabki oylarida sezilarli köpaygan. 

Töqayev öz çiqişida hamkasbi Mirziyoyev Özbekistonni rivojlantirayotganini gapirib, ikki davlat aloqalarida transport-logistika masalalari muhimligini ta’kidlagan. Ma’lum bölişiça, ayni dam qurilayotgan avtomobil yöllari bu ikki davlat orqali xalqaro yuk taşişni kamida 3 kunga kamaytiradi.