Yamanlik husiyçilar Arabiston yarimorolini Afrikadan ajratib turuvçi Bob-al-Mandib böğozini yopib qöyişga tayyor. Husiyçilar şakllantirgan hukumatning taşqi işlar vaziri örinbosari Husayn al-Ezziy ana şunday bayonot bilan çiqdi.
"Agar Sano Bob-al-Mandib böğozini yopişga qaror qilsa, uni na odamlar, na jinlar oça oladi. Şuning uçun Tramp va unga yon bosayotganlar tinçlikka tösqinlik qilayotgan barça harakatlari va siyosatini zudlik bilan töxtatişi hamda xalqimiz va mamlakatimiz huquqlariga hurmat krsatişi lozim", - deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.

2 aprel kuni husiyçilar hukumati axborot vaziri örinbosari Muhammad Mansur "Ansar Alloh" AQŞ va Isroilning Eron va Livanga nisbatan “tajovuzi kengaygan” yoki Fors körfazi mamlakatlari Eronga qarşi uruşga qöşilgan taqdirda Bob-al-Mandib böğozini yopiş imkoniyatini körib çiqayotganini aytgandi.
Uning sözlariga köra, Bob-al-Mandib böğozining yopilişi energetik inqirozni keltirib çiqaradi va neftning bir barreli narxi 200 dollargaça kötarilişiga olib keladi.












