Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tobora uçuvçisiz tizimlar - dronlar va yerusti robotlarining qarama-qarşiligiga aylanib bormoqda, bu esa jangovar harakatlar mantiqini özgartirib yubormoqda. Bu haqda The New York Times yozdi.
Ta’kidlanişiça, uruşdagi har ikki tomon ham dronlardan foydalanişni faol ravişda oşirmoqda, biroq Ukraina nisbatan arzon texnologiyalarni ommaviy qöllaşga e’tibor qaratib, odamlar va texnika yetişmovçiligini qoplamoqda. Xususan, dronlar allaqaçon frontda muhim rol öynayapti: Ukraina rahbariyatining hisob-kitoblariga köra, ular frontdagi zarbalarning 80-90 foizini ta’minlaydi.
Şu bilan birga, yangi yönaliş - yerusti robotlaştirilgan tizimlari ham rivojlanmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina harbiylari allaqaçon maxsus operatsiya ötkazgan bölib, unda duşman pozitsiyasi faqat dronlar va robotlar yordamida - piyodalar iştirokisiz va yöqotişlarsiz egallangan. Bir neça oy içida bunday tizimlar 22 mingdan ortiq missiyani amalga oşirdi, bu esa harbiylar uçun xavflarni kamaytiradi, deb yozdi naşr.
NYT ma’lumotlariga köra, jang maydonida yangi taktika şakllanyapti: havo dronlari razvedka olib boradi va zarba beradi, yerusti robotlari öq-dorilarni yetkazib beradi va hujumlarda iştirok etadi, operatorlar esa bularning barçasini masofadan turib boşqaradi. Bunday model asta-sekin an’anaviy piyodalar hujumi örnini egallayapti.
Maqolada ta’kidlanişiça, Ukraina kamroq resurslarga ega bölişiga qaramay, texnologiyalarni joriy etiş tezligi va ularning ommaviyligiga tayanib, tezroq moslaşa olgan. Rossiya ham dronlardan, jumladan, Eron işlanmalaridan faol foydalanyapti va ularning işlab çiqarilişini köpaytiryapti. Natijada, uruş tobora texnologik tus olmoqda: asosiy rolni armiyaning soni emas, balki texnologiyalarga kiriş, ularni yangilaş tezligi va işlab çiqarişni kengaytiriş salohiyati öynayapti.












