Toşkent şahrida qöşimça ravişda 240 ta avtobus xarid qiliş orqali 16 ta yangi yönaliş taşkil etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining Quriliş, kommunal, suv xöjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari böyiça doimiy komissiyasi qarorida aytilmoqda.
Qayd etilişiça, Toşkent şahri jamoat transporti tizimida jami 169 ta yönaliş faoliyat yuritib, mazkur yönalişlarga 1927 ta avtobus biriktirilgan. Kun davomida uşbu transport vositalari orqali örtaça 23 000 ta qatnov amalga oşirilmoqda.
Ötkazilgan tahlillar natijasida Toşkent şahri jamoat transporti tizimi faoliyatida qator tizimli muammolar mavjudligi aniqlangan. Xususan, tirbandlik yuqori bölgan vaqtlarda avtobuslarni kutiş vaqti 35–40 daqiqagaça oşib ketmoqda. Bu esa aholi uçun ortiqça vaqt sarfiga, iş va öqiş joylariga öz vaqtida yetib borişda qiyinçiliklarga, şuningdek jamoat transportiga nisbatan işonçning pasayişiga sabab bölmoqda. Ayrim yönalişlarda harakat intervallarining ortib ketişi esa yölovçilar uçun noqulayliklarni yanada kuçaytirmoqda.
Mavjud muammolarni bartaraf etiş maqsadida quyidagi çora-tadbirlar amalga oşiriş rejalaştirilmoqda:
Qöşimça ravişda 240 ta avtobus xarid qiliş orqali harakat tarkibini kengaytiriş;
16 ta yangi yönalişni taşkil etiş, kunlik qatnovlar sonini qöşimça 2000 taga oşiriş;
16,2 km BRT yölaklari hamda 56 km ajratilgan avtobus yölaklarini taşkil etiş, ajratilgan yölaklarda nazoratni kuçaytiriş maqsadida 600 dan ortiq kameralar örnatiş;
bekat infratuzilmasini modernizatsiya qiliş doirasida 1116 ta bekatni rekonstruksiya qiliş hamda 70 ta yangi bekat quriş;
545 ta «aqlli» svetoforlarni örnatiş orqali transport harakatini real vaqt rejimida boşqarişni yölga qöyiş.

















